Xorazm viloyatining Urganç tumanida suv ta'minoti idorasining ikki xodimi iş vaqtida halok böldi. Bu haqda «Xorazm suv ta'minoti» MÇJ matbuot xizmati xabar berdi.
Ma'lum bölişiça, 26 iyun kuni soat 20:00larda Urganç tumani «Oltin köl» MFY hududida joylaşgan 1-sonli oqova suv haydaş stansiyasida 2 nafar işçi oqova suvlarni haydaş stansiyasidagi nasosni tozalaş maqsadida quduqqa tuşgan.
«Xorazm suv ta'minoti» MÇJ Urganç tuman bölimiga qaraşli mazkur stansiyada texnik xavfsizlik va şaxsiy himoya qoidalariga rioya qilmagani oqibatida, birlamçi taxminlarga köra, ikkalasi ham toksik gaz (serovodorod)dan zaharlangan va voqea joyida vafot etgan.
Qayd etilişiça, holat yuzasidan dastlabki tergovoldi suriştiruv işlari olib borilmoqda.

















