Muhokamalar xiyobonda avvaliga kafe va dökonlar ham qurmoqçi bölişganidan boşlangandi. Tanqidlardan söng bular loyihadan çiqarildi. Ammo köp ötmay, ta'mirlaş işlarini olib boruvçi pudratçi tendersiz tanlangani, bu işlar uçun xarajatlar qisman xiyobon atrofidagi yerlarni sotiş hisobiga qoplanişi ma'lum böldi.

Uşbu voqealarni yoritiş bilan bir vaqtda, poytaxtdagi parklar mavzusida turkum maqolalar berib kelayotgan Kun.uz “Şahidlar xotirasi” xiyobonidagi ta'mir jarayoni bilan tanişişga qaror qildi.

Xiyobonni rekonstruksiya qiliş loyihasi menejyeri Alişer Jumayevning sözlariga köra, boğ taşkil etilganiga 21 yil bölgan bölsa, uşbu davr mobaynida öz funksiyasini tölaqonli bajarmagan. Misol uçun, suğoriş tizimi atigi 35 foizi işlagan, energiya resurslari ortiqça isrof bölgan.

“Biz hozir bu yerga heç qanday qöşimça kafe yoki şunga öxşaş obektlar quriş niyatimiz yöq. Parkni saqlab qoliş maqsadida rekonstruksiya qilyapmiz. Buning içiga “brusçatka”larni, çimlarni yangilaş, yangi asfalt yotqiziş, anhor böyidagi toş qoplamani granitga almaştiriş, 1740 tup turli xildagi daraxt köçatlarini ötqaziş kabi işlar reja qilingan.

Rekonstruksiyadan keyin, boğ odamlar kelib toza havoda hordiq çiqaradigan maskanga aylanadi. Avval yoritiş tizimi yaxşi bölmagani uçun parkdan töla foydalanilmagan, odamlarni öziga jalb etmagan. Endi esa bu yerda 250ga yaqin yoritiş uskunalari qöyiladi.

Şuningdek, majmua körki bölgan fontan ayançli ahvolga kelib qolgan edi, biz fontanni ham rekonstruksiya qilib, çiroyli körinişga keltirişni reja qilganmiz.