Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda nogironlik nafaqasiga chiqishda «yordamlashmoqchi bo‘lgan» firibgarga jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Qashqadaryo viloyati Koson tumanida fuqarolardan nogironlik nafaqasiga chiqishda yordamlashishini aytib, firibgarlik qilgan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2020 yilning yoz oylarida Koson tumani «Arabxona» MFYda yashovchi B.M. ko‘rish qobiliyati pasayganligi sababli nogironlik nafaqasi olish uchun tegishli hujjatlar tayyorlab yurganida mahalladoshi R.N. bilan uchrashib qolgan. B.M. R.N.ga maqsadini aytganida u nogironlik nafaqasiga chiqarish uchun tanishi borligini va yordam berishini aytgan va Sh.Z. bilan tanishtirib qo‘ygan.
Qayd etilishicha, Koson tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan Sh.Z. B.M.ga 4 million so‘m evaziga hujjatlardagi kamchiliklarini to‘g‘rilab 1 million so‘m atrofida nafaqaga chiqarib berishini aytgan. Shundan so‘ng, uning otasi G‘.M. dan 2,5 million so‘m pullarni olgan. Oradan bir yil o‘tsa hamki, nafaqa chiqmagach, B.M bu haqda Koson tuman IIBga ariza bergan.
Ta'kidlanishicha, holat yuzasidan Koson tuman IIB Tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
09:31 / 13.06.2026
Ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan “soxta prokuror“ ushlandi
17:18 / 08.06.2026
Qashqadaryodagi portlashda 6 kishi halok bo‘lgan
15:27 / 08.06.2026
Qashqadaryoda gaz quyish shoxobchasida portlash ro‘y berdi
10:33 / 25.05.2026