IIV matbuot xizmatining xabar berişiça, Qoraqalpoğiston Respublikasida qalbaki PSR test natijalarini sotgan şaxs qölga olingan.
Ma'lum qilinişiça, joriy yilning 21 iyun kuni Qoraqalpoğiston Respublikasi IIV Transportda XTB Nukus xalqaro ayeroporti xodimlari tomonidan «Nukus–Aqtau» yönalişi böyiça uçib ketmoqçi bölgan 3 nafar şaxsning hujjatlari tekşirilganida, qölidagi PSR test ma'lumotnomasi soxta ekanligi aniqlangan.
Qayd etilişiça, uşbu fuqarolar heç qanday test tahlili topşirmasdan Çimboy tumanida yaşovçi B. ismli tanişi orqali PTSR qoğozini 150 mingdan jami 450 ming sömga sotib olganligi ma'lum bölgan.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, oldinroq Törtkölda 2,5 ming dollarni totalizatorga yutqazgan fuqaroga nisbatan jinoyat işi oçilgani haqida xabar bergandik.
















