Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Sputnik V" vaksinasining hindcha shtammga qarshi samaradorligi pasaygani ma'lum qilindi
Ta'kidlanishicha, samaradorlik pasayishiga qaramasdan, "Sputnik V" hindcha shtammdan himoya qiladi.
Koronavirusga qarshi "Sputnik V" vaksinasining hindcha shtammga qarshi samaradorligi pasaydi. Bu haqda Gamaleya nomidagi markaz direktori o‘rinbosari Denis Logunov ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, samaradorlik 2,6 martaga pasaygan.
"Yana bir marta ta'kidlamoqchiman, 2,6 martaga pasayish – bu sezilarsiz pasayish, bu boshqa vaksinalarga nisbatan ko‘p emas", dedi Logunov.
Uning ta'kidlashicha, samaradorlik pasayishiga qaramasdan, "Sputnik V" hindcha shtammdan himoya qiladi.
Koronavirusning delta-varianti hindcha shtamm bo‘lib, Buyuk Britaniya shtammidan (alfa-variant) so‘ng tarqala boshladi. Virusning ushbu turi 80dan ortiq mamlakatda aniqlandi va tarqalish jarayonida mutatsiyaga uchrashda davom etmoqda.
JSSTning ma'lumot berishicha, koronavirusning delta-varianti alfa-variantiga nisbatan 60 foizga faolroq.
Mavzuga oid
18:37 / 21.09.2025
COVID-19 pandemiyasi boshlanishini yoritgan xitoylik jurnalist 4 yilga qamaldi
15:47 / 06.08.2025
AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi mRNK-vaksinalari uchun mablag‘ni qaytarib oldi
21:02 / 24.07.2025
Olimlar COVID-19 pandemiyasi odamlarning miyasini qaritganini aniqladi
17:18 / 05.07.2025