Joriy yilning 14 iyun kuni prezident Şavkat Mirziyoyev soğliqni saqlaş sohasidagi loyihalar taqdimoti bilan tanişgandi. Bunda Respublika onkologiya va radiologiya tibbiyot markazi uçun yangi binolar quriş va jihozlaş böyiça loyihaga alohida e'tibor qaratilgan, malakali şifokorlar tayyorlaş böyiça rejalar haqida ham ma'lumot berilgandi.

Respublika ixtisoslaştirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga yangi binolar quriş va jihozlaş böyiça loyiha uçun Toşkent tibbiyot akademiyasi klinikasining böş turgan hududidan 5 gektardan ziyod yer maydoni ajratilgan. Bunday kasalliklar böyiça eng köp murojaat markazning Toşkent şahri va Toşkent viloyati filiallariga töğri kelgani inobatga olinib, uşbu şifoxonalarni yagona muassasa sifatida birlaştiriş taklifi bildirilgandi.

29 iyun kuni ötkazilgan teleköprikda Özbekiston soğliqni saqlaş vaziri örinbosari Uluğbek Sobirov va Seul milliy universitetining Bundang klinikasi boş şifokori Pek Nam Çjon boşçiligidagi soha mutaxassislari iştirok etişdi. Koreyalik mutaxassislar yurtimizda onkologik kasalliklarni davolaşga ixtisoslaştirilgan markaz, uning filiallari faoliyati bilan tanişdi.

Muloqot davomida ikki davlat mutaxassislari yurtimizda barpo etilayotgan 650 örinli yagona muassasa sifatida yaratiladigan onkologiya markazining qurilişi, jihozlanişi, diagnostika va davolaş işlarini taşkil qiliş bilan boğliq masalalarni muhokama qilişdi.

Uşbu muassasa 2023 yilning birinçi çoragidan bemorlarni qabul qilişi, salohiyatli mutaxassislar va yuqori texnologik uskunalar bir joyda jamlanişi natijasida xastalarni davolaş sifati ortişi va ularning sarson bölişining oldi olinişi aytib ötildi.

Şuningdek, saratonga taşxis qöyiş va davolaş sohasida hamkorlikni yölga qöyiş, özbekistonlik şifokorlar uçun treninglar taşkil etiş, Bundang klinikasining yetakçi mutaxassislarini Özbekistonga taklif etiş, şuningdek, tibbiyot muassasalarini raqamlaştirişda Janubiy Koreya tomonining eng yaxşi amaliyotlarini joriy etiş yuzasidan fikr almaşildi.

Tadbir davomida onlayn konsultatsiyalar taşkil qilinib, ikki şifoxona mutaxassislari yurtimizdagi munozarali bemorlar holatini muhokama qilib, klinik tavsiyalar olindi.