Moliya vazirligi, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan qator qarorlar qabul qilindi.
Ular:
“Qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” (1);
“Pochta aloqasi operatorlari, provayderlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” (2).
Birinchidan, qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat vazifalariga o‘zgartirishlar kiritildi (1).
Aynan:
- Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan shaxslarning operatsiyasini kechiktirmasdan va oldindan xabar qilmasdan to‘xtatib turish va (yoki) pul mablag‘larini yohud boshqa mol-mulkini ishga solmay to‘xtatib qo‘yish. Yuridik yoki jismoniy shaxsning shaxsiy hisobvarag‘iga tushgan pul mablag‘larini hisobga kiritish bo‘yicha operatsiyalar bundan mustasno (ilgari - istisnolar bo‘lmagan);
- yuqori mansabdor shaxslar, ularning oila a'zolari va yuqori mansabdor shaxslarga yaqin shaxslarning amalga oshirayotgan operatsiyalarini chuqur monitoring qilish (ilgari - yuqori mansabdor shaxslar va ularning oila a'zolari);
- pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni 30 ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda to‘xtatish to‘g‘risida maxsus vakolatli davlat organining (Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti) ko‘rsatmalarini o‘z vaqtida bajarish.
Qoidalarga (1) kiritilgan o‘zgartirishlarga asosan, Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan amalga oshiriladigan funksiyalar va vakolatlar Moliya vazirligiga o‘tkazildi.














