Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qidiruvda bo‘lgan buxorolik retsidiv firibgar Andijonda qo‘lga olindi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro viloyat sudi tomonidan qidiruv e'lon qilingan retsidiv firibgar Andijonda qo‘lga olingan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi 3-qismi «b» bandi, 28, 211-moddasi 2-qismi «a» bandida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, sud idoralaridan yashirinib yurgan shaxs Andijon viloyati Izboskan tumanida qo‘lga olingan.
Qayd etilishicha, Buxoro shahar Safedmo‘y ko‘chasida ro‘yxatda turuvchi, muqaddam 2 marotaba (Jinoyat kodeksining 168, 228-moddalari bilan) sudlangan, 1991 yilda tug‘ilgan R.O.ga nisbatan jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudi tomonidan 2021 yil 3 iyun kuni qidiruv e'lon qilingan.
Viloyat IIB hamda Buxoro shahar IIO FMB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbiri natijasida mazkur shaxs Andijon viloyati Izboskan tumanida yashirinib yurgani aniqlanib, qo‘lga olingan. U tegishli tartibda Buxoro viloyati IIB PPX va JTSB vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan.
Mavzuga oid
20:20 / 21.06.2026
Interpol o‘ta yirik miqdordagi firibgarlik uchun qidiruvda bo‘lgan shaxslarni O‘zbekistonga ekstraditsiya qildi
22:52 / 20.06.2026
Tovlamachilik uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs Misrdan ekstraditsiya qilindi
14:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
14:29 / 03.05.2026