Özbekistondagi internat muassasalarida yaşovçi bolalarning uluşi şu yoşdagi aholining har 100 ming kişisiga 255 nafarni taşkil etadi, bu – dunyo böyiça örtaça körsatkiçdan ikki baravar köp. Dunyodagi örtaça körsatkiç har 100 ming kişiga 120 nafar bolani taşkil qiladi.

Bu haqda bugun, 29 iyun kuni Toşkentda bölib ötgan «Har bir bola oilaviy muhitda tarbiyalanişini ta'minlaş maqsadida noinstitutsionallaştiriş Milliy strategiyasini yaratişning dolzarb masalalari» mavzusidagi xalqaro konferensiyada ma'lum qilindi.

Bolalar ombudsmani matbuot xizmati xabariga köra, Özbekiston noinstitutsionallaştiriş siyosatini işlab çiqqan va tegişli harakatlar rejasini qabul qilgan; biroq yirik internat muassasalari sönggi çora emas, balki muqobil parvarişning eng asosiy körinişi bölib qolmoqda. Institutsionlaştiriş darajasi yuqori darajada saqlanib qolmoqda.

Bola huquqlari böyiça vakil Aliya Yunusovaning aytişiça, institutlaştiriş bolalarning soğliği va rivojlanişi (ruhiy va jismoniy rivojlanişi)ga salbiy ta'sir körsatadi. Bu salbiy ta'sir bolalar muassasalari barça talablarga javob bergan va yaxşi moliyalaştirilgan taqdirda ham, kuzatilişi mumkin.

Uning sözlariga köra, institutlaştirişning yana bir salbiy tomoni – tajovuzlar xavfining yuqoriligi.

“Köpgina tadqiqotlar şuni körsatadiki, Mehribonlik uylarida tarbiyalangan barça yoşdagi bolalar juda köp tajovuzlarni boşdan keçirişadi. Jumladan, ular jismoniy va jinsiy zöravonlik, ğamxörlikning yöqligi, şuningdek, odam savdosi yoki ekspluatatsiyaning boşqa körinişlaridan aziyat çekiş xavfi ostida bölişadi.

Bolalar muassasalarida jamiyat közidan panada sodir bölayotgan holatlar ustidan doimiy nazorat va kuzatuv olib boriş deyarli imkonsiz. Mehribonlik uylari va bolalar şaharçalari bino hamda hududlarining videokuzatuv kameralari bilan jihozlanişi yuzaki çoralar hisoblanadi.

Muammoni faqatgina vasiylikning oilaviy şakllari hamda tutingan ota-onalarni qöllab-quvvatlaş xizmatlari yöli bilan hal etiş mumkin.

Institutsionalizatsiya bitiruvçilarga baloğatga yetganidan keyin ham muammolarni keltirib çiqarişda davom etadi. Mehribonlik uylari bitiruvçilarining tösatdan katta hayotga ötişi qiyin keçadi. Ularning ijtimoiy yakkalanib qolişi, uysiz va işsiz bölib qolişi, jinoyatçiga aylanişi, ruhiy salomatligining buzilişi va ular hattoki, öz joniga qasd qilişgaça borişi mumkin.