Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda tashkilot rahbarlari karantin talablariga rioya qilish bo‘yicha ogohlantirilmoqda
Navoiy viloyati prokuraturasi, Milliy gvardiya, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati viloyat boshqarmalari xodimlari tomonidan Navoiy shahridagi korxona va tashkilotlar, umumiy ovqatlanish maskanlari, savdo nuqtalarida karantin qoidalariga amal qilinish holatlarini o‘rganish boshlandi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, 2021 yil 30 iyun kuni o‘tkazilgan bir kunlik o‘rganishning o‘zida 150 ta obektdan 47 tasida karantin talablariga amal qilinmayotganligi aniqlangan.
Jumladan, ushbu obektlarda binoga kirish-chiqish joylarida dezinfeksiyalash va zararsizlantirish to‘siqlari tashkil qilmaslik, antiseptik vositalar bilan ta'minlanmaslik, ish jarayonida oraliq masofani saqlamaslik hamda xodimlar tibbiy niqobsiz faoliyat yuritishi kuzatilgan.
O‘rganishlar jarayonida tashkilot va muassasa rahbarlari karantin talablarini to‘liq ta'minlash yuzasidan ogohlantirilmoqda.
Mavzuga oid
15:46 / 14.07.2026
NKMK ishchisi gilam bo‘laklari yordamida 35 mln so‘mlik oltinni o‘g‘irlashga urindi
13:58 / 14.07.2026
Navoiyning ham ayrim hududlarida bog‘chalar vaqtincha yopildi
14:33 / 09.07.2026
Tergov izolyatorida vafot etgan navoiylik tadbirkor firibgarlik ayblovi bo‘yicha oqlandi
13:31 / 04.07.2026