Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Himoya orderini joriy qilganimizda bundan hech kim foydalanmasa kerak deb o‘ylagandim» – Tanzila Norboyeva
Foto: KUN.UZ
Bugun, 3 iyul kuni Senat raisi Tanzila Norboyeva OAV vakillari bilan uchrashdi. Unda yuqori palataning ommaviy axborot vositalari bilan hamkorligi, parlament ochiqligi masalalari muhokama qilindi.
Senat raisi inson huquqlari bo‘yicha erishilayotgan yutuqlarga ham to‘xtalib o‘tdi.
“Himoya orderini joriy qilayotganimizda bizda bundan hech kim foydalanmasa kerak, deb o‘ylagandim. Chunki o‘zbek ayollari o‘z muammolarini uydan nariga chiqarishni istamasliklari hammaga tushunarli. Bundan tashqari, ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi ta'sirli mexanizmlar ham yo‘q edi.
Bunday orderni joriy qilganimizdan so‘ng o‘tgan 2020 yilning o‘zida 15 mingdan ortiq ayollar bundan foydalandi va o‘z huquqlarini himoya qilishdi. Mana, hozir bu orderdan erkaklar ham foydalanishlari mumkin bo‘lmoqda.
Mana shu harakatlarimiz tufayli O‘zbekistonning inson huquqlari bo‘yicha qator reytinglari yaxshilanib bormoqda”, deya Tanzila Norboyevaning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
19:30 / 27.02.2026
Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashi yig‘ilishi o‘tkazildi
17:51 / 19.02.2026
Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining Samarqand viloyatida sayyor majlisi bo‘lib o‘tdi
17:44 / 04.02.2026
O‘zbekiston va Iordaniya parlamentlari yuqori palatalari o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama etildi
20:42 / 31.12.2025