Prezident, ijod va ixtisoslaştirilgan maktablarni rivojlantiriş agentligining Iqtidorli yoşlarni tanlab oliş şu'basi rahbari va qabul komissiyasi rahbari örinbosari Şerzod Xudoyqulov agentlikka qaraşli 3ta ixtisoslaştirilgan maktabda qabul jarayonlaridagi özgarişlar haqida ma'lumot berdi.

“Imtihon tartibi 3ta ixtisoslaştirilgan maktabda ham bir bosqiçli test sinovi şaklida böladi. Bunda har bitta maktabning öz ixtisoslik fanidan kelib çiqqan holda test tuziladi va şu orqali öquvçilar saralab olinadi”, – dedi Xudoyqulov 3 iyul kungi matbuot anjumanida.

Uning ta'kidlaşiça, bu yilgi imtihonlardagi muhim özgarişlardan biri – test sinovlariga mantiqiy savollarning qöşilişi böladi. Ya'ni har bir maktabda özining ixtisoslik faniga moslaşgan mantiqiy savollar test savollariga qöşiladi.

Şerzod Xudoyqulov imtihon javoblarining e'lon qilinişiga ham töxtaldi. Unga köra, öquvçilar test topşirib bölganlari zahoti öz natijalarini körişlari mumkin böladi. Imtihonlar tugaganidan keyin qabul komissiyasi barça öquvçilarning ballarini hisoblab çiqib, eng yuqori ball olganlar kesimida qabul kvotasiga köra qarorini çiqaradi.

Agentlik rahbari Hilola Umarovaning sözlariga köra, bu yil ixtisoslaştirilgan maktablarga olimpiada ğoliblari imtihonsiz qabul qilinişi mumkin. Bunda olimpiadada 5ta yönaliş böyiça yuqori örin olgan öquvçilar 10-sinfga qabul qilinadi.