Prezident, ijod va ixtisoslaştirilgan maktablarni rivojlantiriş agentligi rahbari Hilola Umarova ixtisoslaştirilgan maktablar butun respublika böylab oçilişi haqida ma'lum qildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Ayni paytda bu agentlik tizimiga kiruvçi ixtisoslaştirilgan maktablar faqat Toşkentda şahrida joylaşgan. Umarovaning sözlariga köra, respublikaning qolgan 13ta hududida ham ixtisoslaştirilgan maktablar oçiladi.
Har yili respublika böylab 2-3tadan ixtisoslaştirilgan maktab quriş investitsiya dasturiga kiritilgan.
“2025 yilga qadar uşbu maktablarimiz barça hududlarda böladi. Hozirda Andijon, Qoraqalpoğistonda rejaga qöyganmiz. U yerda ixtisoslaştirilgan maktab yangi tizimda, ya'ni 3ta maktab birlaştirilib, 1ta gibrid ixtisoslaştirilgan maktabi şaklida böladi. 1ta maktabda öquvçilar bemalol 3ta yönalişda öqiy oladi”, – dedi agentlik rahbari 3 iyul kungi matbuot anjumanida.
Hilola Umarova pandemiyaning bu yilgi imtihonlarga ta'siri haqida ham töxtaldi.
Unga köra, hozirça qabul va imtihonlarning ötkazilişida özgariş yöq. Ammo epidemiologik vaziyat yomonlaşib, respublika maxsus komissiyasi tomonidan karatin kuçaytirilsa, özgariş bölişi mumkin.
Ixtisoslaştirilgan maktablarga qabul kvotalari ma'lum qilindi
Bu yil ixtisoslaştirilgan maktab imtihonlariga mantiqiy savollar ham qöşiladi

















