O‘zbekiston | 10:09 / 03.07.2021
32597
2 daqiqa o‘qiladi
Koronavirus: Kunlik yangi holatlar soni tuzalganlardan ko‘p, yana uch bemor vafot etdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda so‘nggi bir kunda 500ga yaqin kishida kasallik aniqlanib, 400ga yaqin kishi tuzalgani va 3 bemor vafot etgani haqida xabar berdi.
«2021 yil 2 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 112130 (+482) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 33 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 38 nafari Andijon viloyatida,
- 45 nafari Buxoro viloyatida,
- 29 nafari Jizzax viloyatida,
- 13 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 8 nafari Navoiy viloyatida,
- 25 nafari Namangan viloyatida,
- 32 nafari Samarqand viloyatida,
- 23 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 29 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 34 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 9 nafari Xorazm viloyatida,
- 47 nafari Toshkent viloyatida,
- 117 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 6 nafar,
- Andijon viloyatida 69 nafar,
- Buxoro viloyatida 17 nafar,
- Jizzax viloyatida 30 nafar,
- Qashqadaryo viloyatida 8 nafar,
- Namangan viloyatida 15 nafar,
- Samarqand viloyatida 101 nafar,
- Sirdaryo viloyatida 26 nafar,
- Surxondaryo viloyatida 28 nafar,
- Farg‘ona viloyatida 14 nafar,
- Xorazm viloyatida 40 nafar,
- Toshkent viloyatida 41 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 108404 (+395) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 745 nafarni tashkil qildi.
Mavzuga oid
11:40 / 13.12.2022
O‘zbekistonda kunlik koronavirus statistikasi sezilarli pasaydi
10:54 / 07.12.2022
Toshkent shahrida bir kunda 100 dan ortiq kishida koronavirus aniqlandi
10:10 / 04.12.2022
Koronavirus: O‘zbekistonda kunlik holatlar soni fevraldagi darajaga qaytdi
11:15 / 02.12.2022