Samarqand viloyati Payariq tumanida Isuzu avtobusi va Damas özaro töqnaşgan. Oqibatda ikki kişi vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, 2021 yil 1 iyul kuni soat 12:00 larda, davlat ahamiyatidagi 4R-48 avtomobil yölining Payariq tumani «Eşimoqsoq» MFY hududidan ötuvçi 26-kilometrida odam ölimi bilan boğliq yöl-transport hodisasi sodir bölgan.

Öz yölida kelayotgan, «Jizzax-Gagarin-Samarqand-Payariq» yönalişida aholiga xizmat körsatuvçi Isuzu avtobusining yöliga, qarama-qarşi tomondan harakatlanib kelayotgan Damas maşinasi çiqib ketib, töqnaşuv sodir etgan. Oqibatda, Damas içida bölgan ikki nafar fuqaro oğir tan jarohatlari olib, hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur yöl-transport hodisasi natijasida Damas batamom yaroqsiz holga kelgan. Avtobus ağdarilib ketib, jiddiy şikastlangan.

Qayd etilişiça, holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB huzuridagi tergov boşqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoiy iş qözğatilgan.