Bugun, 3 iyul kuni Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva OAV vakillari bilan uçraşdi. Unda yuqori palataning ommaviy axborot vositalari bilan hamkorligi, parlamentning oçiqligi masalalari muhokama qilindi.

Jurnalistlarni 27 iyun kungi kasb bayrami bilan tabriklagan Senat raisi OAV faoliyatining erkinligi borasida ham töxtalib ötdi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

“Sizlar bilan hamkorligimiz kundan kunga yaxşilanib boryapti. Ayni paytda faoliyat yuritayotgan binomizga (Prezident Administratsiyasi — tahr.) hammangizni ham har doim taklif qila olmaymiz, koronavirus tufayli ham imkoniyatlarimiz çeklanib qoldi. Lekin Oliy Majlis Senati uçun alohida bino – Taşqi işlar vazirligining sobiq binosi töla ta'mirlab berilayotganidan xabaringiz bor. Mustaqilligimizning 30 yillik bayramidan keyin nasib qilsa, köçib ötamiz. Men bu bino bizga ajratilganidayoq OAV bilan uçraşuvlar uçun alohida zallar bölişi zarurligiga e'tibor qaratdim. Öylaymanki, yangi binomizda yanada samarali işlaymiz.

Men faoliyatimning boşidan Senatdagi iş jarayoni oçiqligiga e'tibor qaratganman. Yalpi majlislarimizda bemalol qatnaşasizlar, nafaqat OAV vakillari, balki istagan kişi internet orqali kuzatib borişi mumkin.

OAV faoliyati haqida söz ketganda, hozir biz bir hujjat loyihasi ustida iş boşladik. Jurnalistlar faoliyatiga aralaşişga, sizlarga körsatma, yönaliş berişga heç kimning haqqi yöq. Men har doim davlatning vazifasi birinçi navbatda şart-şaroit yaratib beriş, qöllab-quvvatlaş deyman. Lekin OAV işiga aralaşib, ularga bunaqa yoz, unaqa yoz, u notöğri, bu töğri deyiş davlatning işi emas. Çunki söz erkinligi, oşkoralik – hayotimizda tanlab olgan asosiy tamoyillarimizdan biri”, – dedi Senat raisi.

Eslatib ötamiz, ötgan oyda prezident Şavkat Mirziyoyev matbuot va OAV xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlariga yöllagan tabrigida jurnalistlarga tösqinlik uçun jazoni kuçaytirişni taklif qilgandi.

“Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga davlat organlari va taşkilotlarining mansabdor şaxslari tomonidan OAV ijodiy faoliyatiga tösqinlik qiliş, senzura örnatiş, ularning faoliyatiga noqonuniy aralaşiş, tahririyat xodimlariga bosim va tazyiq ötkaziş, materiallar va zarur texnik vositalarni ulardan ğayriqonuniy ravişda olib qöyiş harakatlari sodir etilgani uçun javobgarlikni nazarda tutadigan moddalarni kuçaytiriş lozim”, – degandi davlat rahbari.