2021 yilning 2 iyul kuni Konimexdagi Kökça ovuli hududida tuman ekologiya inspeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan tezkor nazorat reyd ötkazilgan va noqonuniy ov qilib yurgan şaxslar uşlangan. Bu haqda Kun.uz'ga Navoiy viloyati Ekologiya boşqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma'lum qilinişiça, Karmana tumanida yaşovçi 2 nafar fuqaro ov taqiqlangan davr bölişiga qaramay, «Nexia» maşinasiga örnatilgan qölbola tunggi yoritgiç hamda 12 kalibrli ov qurolida 7 dona quyon va 2 dona kaklikni ovlaşgan.
Taqiqni buzgan ovçilarga nisbatan ma'muriy bayonnoma rasmiylaştirilib, 6 million 125 ming söm tabiatga yetkazilgan zarar belgilangan. Şuningdek, ov quroli belgilangan tartibda olib qöyilib, «Nexia» maşinasi jarima maydoniga joylaştirilgan.

Hozirda töplangan hujjatlar jinoyat işlar böyiça Konimex tuman sudiga yuboriş uçun tayyorlanmoqda.
Oldinroq Aydar-Arnasoy köllar tizimida noqonuniy baliq ovlaganlarga nisbatan jinoyat işi qözğatilgandi.
















