Prezident matbuot kotibi Şerzod Asadov OAV uçun ötkazilgan an'anaviy brifingda ötgan haftada davlat rahbari iştirokida bölib ötgan tadbirlar ahamiyati haqida ma'lumot berdi.

«Prezident 28 iyun kuni mis işlab çiqarişni yanada rivojlantiriş hamda sanoat klasterini taşkil etiş masalalari yuzasidan yiğiliş ötkazdi.

Davlat rahbari bu sohaga alohida e'tibor qaratayotgani bejiz emas. Xalqaro ekspertlarning fikriça, elektromobillar, elektrotexnika va qayta tiklanuvçi energiya sohalarining rivojlanişi evaziga 2030 yilga borib dunyoda misga bölgan talab 40 foizga oşişi kutilmoqda. 

Özbekistonda esa bu bozorni egallaş böyiça juda katta imkoniyat bor. Oxirgi yillarda geologik qidiruvlarga ajratilgan mablağlar natijasida yurtimizda yangi-yangi konlar topilmoqda. Xususan, bugungi kunda 40 million tonnadan ortiq mis zaxirasi aniqlangan.

Eng asosiysi, davlat rahbari endi misni quruq xomaşyo şaklida emas, balki uni qayta işlab, qöşilgan qiymatli mahsulot sifatida sotiş talabini qöymoqda. 

Bugungi kunda misning qariyb 60 foizi xomaşyo sifatida eksport qilinmoqda. Misdan keladigan daromad 2,5 milliard dollarni taşkil etayotir. Kelgusi 5 yilda mis işlab çiqariş hajmini 400 ming tonnagaça yetkaziş orqali bu körsatkiçni, turdoş tarmoqlar bilan birga, 7-8 milliard dollarga yetkaziş mumkin. 

Mis işlab çiqarişda bitta iş örni taşkil etilsa, klaster usulida unga boğliq elektrotexnika, maşinasozlik, injiniring kabi sohalarda 6tagaça iş örni yaratiladi. Ya'ni iş örinlari 6 barobar köpayadi. 

Şu maqsadda, prezidentimiz qaroriga muvofiq, Mis sanoati klasteri taşkil etilmoqda. Uşbu klaster tomonidan loyihalaştirişdan tortib tayyor mahsulot işlab çiqarişgaça bölgan barça jarayonlar tizimli taşkil etiladi.

Şu bilan birga, geologiya-qidiruv işlari ham davom ettiriladi. Davlatimiz rahbari yiğilişda rangli va noyob metallarni qidiruv işlarini kengaytiriş böyiça 5 yillik dastur işlab çiqiş böyiça topşiriq berdilar», deya Şerzod Asadovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.