Kun.uz Qaşqadaryo viloyat sudi axborot xizmati vakili Farhod Tilavovdan olgan ma'lumotga köra, JIB Çiroqçi tuman sudining 2021 yil 28 iyundagi qaroriga asosan, jami 13 kişi MJtKning 113 (temir yöl transportida harakat xavfsizligi qoidalarini buziş) va 201-moddalari (yiğilişlar, mitinglar, köça yurişlari yoki namoyişlar uyuştiriş, ötkaziş tartibini buziş) bilan ma'muriy javobgarlikka tortilgan.

Fuqarolarning 9 nafariga 15 sutka ma'muriy qamoq, keksa yoşli 4 nafariga BHMning 7 baravari (1 mln 715 ming söm)dan jarima jazosi tayinlangan.

15 sutka qamoq jazosi olgan 9 nafar fuqaro qarordan norozi bölib apellyatsiya şikoyati kiritgan. 2 iyul kuni iş Qaşqadaryo viloyat sudida apellyatsiya tartibida körib çiqilgan, biroq şikoyat qanoatlantirilmay, birinçi instansiya sudi qarori özgarişsiz qoldirilgan.

Eslatib ötamiz, Qaşqadaryo viloyati Çiroqçi tumani Eski Anhor mahallasi aholisi elektr energiyasi ta'minotidagi uzilişlardan norozi bölib, joriy yilning 7 iyun kuni «Ayratom» bekati qismida temir yölni yopib qöygan va bu bilan muammoga Çiroqçi tumani hokimi Xurram Jörayevning e'tiborini qaratmoqçi bölgandi.