«Özbekneftgaz» AJ tomonidan Ustyurt gaz-kimyo majmuasi negizida vodorod töldiriş stansiyasi qurilişi amalga oşirilyapti.

Loyihani amalga oşiriş boşqaruv bölimi va markaziy zavod laboratoriyasi analizatorlari uçun işlatiladigan yuqori tozalikdagi vodorod (99,999%) import örnini bosişga imkon beradi.

Ta'kidlaş joizki, bugungi kunga qadar Ustyurt gaz-kimyo majmuasida yiliga 950 ballon vodorodga ehtiyoj bölib, har bir ballon uçun örtaça 209 dollar miqdoridagi mablağlar sarflanar edi. Vodorod Rossiya Federatsiyasi, Janubiy Koreya, Xitoy Xalq Respublikasi va boşqa davlatlardan import qilinyapti.

Uşbu loyihaning amalga oşirilişi import örnini bosiş va yuqori tozalikdagi vodorod bilan boğliq muammolarni bartaraf etiş tufayli kompleksning onlayn analizatorlari uzluksiz faoliyat yuritişini ta'minlaş imkonini beradi.

Loyihaning qiymati 150 ming dollarga teng bölib, u korxonaning öz mablağlari hisobidan moliyalaştirilyapti. Loyiha «Yeast-West Engineyering» MÇJning loyiha instituti tomonidan tayyorlangan işçi hujjatlarga muvofiq amalga oşirilyapti.

Zavodning yillik quvvati 15 000 kub/metr vodorod gazini taşkil etadi. Bu quvvat yuqori tozalikdagi vodorodning ortiqça hajmini (yiliga taxminan 9 000 kub/metr) oliş va uni Özbekiston Respublikasi içki bozorida sotiş imkonini beradi. Loyihani amalga oşiriş natijasida yiliga 200 ming dollarga yaqin valuta mablağlari tejalişiga erişiladi.

Ayni paytda mazkur loyiha doirasida vodorod quyiş stansiyasi töliq qurib bitkazildi va loyiha hujjatlariga muvofiq mahsulot işlab çiqariş boşlab yuborildi, deb xabar beradi  «Özbekneftgaz» AJ matbuot xizmati.