Loyiha 6 iyul kuni birinçi öqişda körib çiqildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Unga köra, Oila kodeksida farzandlikka olişi mumkin bölgan şaxslar röyxatini özgartiriş közda tutilmoqda. Muqaddam qasddan jinoyat sodir etgan şaxslarga qöyilgan farzandlikka oliş taqiqini bekor qilib, qilmişning ijtimoiy xavfliligi darajasiga qarab şaxsga farzandlikka olişni taqiqlaş qoidasi joriy etilmoqda.
Şuningdek, qiynoqqa soliş va boşqa şafqatsiz, ğayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvçi muomala hamda jazo turlarini qöllaş, jamoat xavfsizligiga qarşi jinoyatlar hamda giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravişda muomala qilişdan iborat jinoyatlarni sodir etgan şaxslarga farzandlikka oliş taqiqlanmoqda.
Qonun loyihasi bilan farzandlikka oliş vaqtidan oldin 1 yil davomida doimiy daromadga ega bölmagan yoki oylik iş haqi mehnatga haq tölaşning eng kam miqdoridan oz bölgan şaxslar va Soğliqni saqlaş vazirligi röyxati asosida farzandlikka olişga monelik qiladigan kasalliklarga çalingan şaxslarning farzandlikka olişga bölgan huquqlari ham çeklanyapti.
Yalpi majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinçi öqişda qabul qilindi.
















