Nurafşon şahrida sifatsiz göştni fuqarolarga sotayotgan şaxs uşlandi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.
Ma'lum bölişiça, Boş prokuratura huzuridagi Departament hamda IIBning Nurafşon şahar bölimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar Z.Yu. va N.X.lar oldindan til biriktirib iste'molga yaroqliligi töğrisida ma'lumotnomasi bölmagan 50 kg göştni har bir kilosini 42 ming sömdan hisoblab jami 2,1 mln sömga fuqaroga sotayotgan vaqtida uşlanib, tadbir jarayonida Z.Yu.ga qaraşli uyning omborxonasida taşkil etilgan yaşirin sexdan 386 kg sifatsiz göşt aşyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni ötkaziş maqsadini közlab işlab çiqariş, saqlaş, taşiş yoxud ötkaziş, işlar bajariş yoki xizmatlar körsatiş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.
















