Nukus şahrining «Samanbay» MFY hududida yangi masjid qurilmoqda. Masjidga tamal toşi keça, 8 iyul kuni qöyilgan. Bu haqda Nukusdagi Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy bilim yurti xabar berdi.
«Samanbay»lik uçun möljallangan masjidning tamal toşini Qoraqalpoğiston musulmonlari qoziyati qozisi Şamsuddin domla Bahauddinov va nuroniylar qöyişgan.

Kun.uz muxbiriga ma'lum qilinişiça, masjid taxminan 120 odamga möljallangan. Quriliş işlarini şu yil oxirigaça yakunlaş rejalaştirilgan. Masjid homiylar kömagida qurilmoqda.
Eslatib ötamiz, joriy yilning may oyida Taxtaköpir tumanidagi «Daöqara» OFY hududida «Abdulkariym axun» masjidining quriliş işlari yakuniga yetkazilgandi.

Ma'lumot uçun, hozirda Qoraqalpoğistondagi masjidlar soni 51 tadan oşgan. Nukusda esa bu körsatgiç 3 tani taşkil qilmoqda. Qoraqalpoğiston hududida eng köp masjidlar Beruniy, Törtköl, Ellikqal'a va Amudaryo tumanlariga töğri keladi.
















