Afğoniston xavfsizlik kuçlari "Tolibon" harakati jangarilarining Qandahordagi hujumlarini töxtatdi. Bu haqda TOLO News telekanali xabar berdi.

Toliblar oxirgi sutkalarda Qandahor şahri atrofidagi önga yaqin tumanni öz nazoratlariga olgandi. Juma kuni ular şahardagi yettinçi ma'muriy tumanga hujum qildi va ikkita blokpostni egalladi. Töqnaşuvlar davomida yuzga yaqin tolib öldirilgan, tinç aholi orasida ham qurbonlar bor.

Telekanalning xabar berişiça, xavfsizlik kuçlari "Tolibon" jangarilarining şahar içiga kirib kelişini töxtatgan. Qandahor şahri politsiyasi boşliği Salim Ehsosning sözlariga köra, vaziyat nazorat ostida.

Hukumat kuçlari yangi hujumlarni qaytariş va toliblarni siqib çiqarişga tayyorgarlik körmoqda. Xabar qilinişiça, şaharga qöşimça kuçlar yetib kelgan.

Şu bilan birga, mamlakatning boşqa viloyatlari, jumladan, Qunduz, Boğlon, Hirot, Ğazni viloyatlarida harbiy harakatlar davom etmoqda. Afğoniston mudofaa vazirligi Qunduz viloyatidagi Aliobod şahri toliblardan qaytarib olinganini ma'lum qildi. 

Avvalroq toliblar Afğoniston-Eron çegarasidagi asosiy nazorat-ötkazuv punktini egallab olişgani, Turkmaniston bilan çegara hududida otişma ovozlari eşitilgani töğrisida xabar berilgandi.