Pfizer va BioNTech kompaniyalari koronavirusga qarşi öz vaksinasining buster varianti ustida izlanişlar olib bormoqda. Yangi variant mavjud vaksinaning samaradorligini oşiradi va u dunyoning 100ga yaqin davlatida tarqalgan delta-ştammga (hindça) qarşi qöllaş uçun möljallangan.
Kompaniyalar bayonotida ta'kidlanişiça, hozirgi ikki komponentli vaksina koronavirusning hozirda ma'lum bölgan barça ştammlari, jumladan, delta-ştammdan “eng yuqori himoyani” ta'minlay oladi. Biroq kompaniyalar “huşyor qolib”, öz vaksinasining yangilangan variantini işlab çiqişga qaror qildi.
“Isroil soğliqni saqlaş vazirligi e'lon qilgan ma'lumotlarga köra, vaksina samaradorligi emlaşdan 6 oy keyin pasaygan, delta-ştamm esa mamlakatda birinçi öringa çiqmoqda”, deb aytilgan bayonotda.
Ta'kidlanişiça, vaksinaning yangilangan varianti ilk partiyasi sinovlar uçun tayyor. Sinovlar mutasaddi idoralar tomondan ma'qullangandan keyin avgust oyidayoq boşlanişi mumkin.














