«Samarqand şahridagi Kimyogarlar qörğonida monomarkaz oçdik. U yerda Boşqirdiston migratsion markazining filiali taşkil qilindi. Filial ötgan oyda röyxatdan ötdi va boşqirdistonlik tört nafar xodim iş boşladi. «Xöş, bu bizga nima beradi?» degan savol tuğilişi mumkin. Boşqirdiston misolida aytaman, agar mehnat muhojirining özi u yerga borsa, 21 kun içida patent olişi kerak böladi. Özim guvoh böldim, hatto birgina ariza yoziş 1500 rubl ekan. Qolaversa, tibbiy körikdan ötiş, migratsion agentlikning ruxsatnomasi olinişi kerak.
Umuman, qonuniy ruxsatnoma olib işlaş jarayoni juda oğir va qimmat bölgani uçun ham yurtdoşlarimiz u yerga borib, «nolegal» işlayapti. Hisoblab çiqqanimizda, ruxsat olib işlaş uçun 450 AQŞ dollar pul sarflanyapti. Endi savol tuğiladi, migrant samolyot pulini ham qarzga olib ketgan bölsa, qanaqasiga u 450 dollar pul berib, ruxsatnoma oladi?» — dedi hokim örinbosari.
Öroqov Samarqandda oçilgan monomarkazda hujjatlar töldiriş jarayoni bepul taşkil qilingani, faqatgina tibbiy körik öşa davlatning özida bir kun içida amalga oşirilişini ta'kidlab ötdi. Qolaversa, monomarkaz orqali boradigan fuqaroning iş, yaşaş joyi, ovqatlanişi, maoşi ham tayin bölişini ma'lum qildi.
Aytiş joiz, Jamşid Öroqov ötgan yili Rossiyaning Saratov şahrida bölib, özbek diasporalari bilan taşqi migratsiya masalalari böyiça kelişuv imzolagan edi.















