“Vodil-Marğilon” yönalişida 30 million sömlik tikuv maşinalarini noqonuniy olib kirilişiga çek qöyildi”, – deya xabar bermoqda viloyati bojxona boşqarmasi axborot bölimi.
Qayd etilişiça, Farğona viloyati bojxona boşqarmasi Kontrabandaga qarşi kuraşiş va bojxona auditi bölimi xodimlari tomonidan oldindan olingan ma'lumotlar asosida tezkor tadbir ötkazilgan.

Tadbir davomida çegara oldi hududdan yönalişida harakatlanayotgan fuqaro A.I. boşqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtotransport vositasi kuzatuvga olinib, Marğilon şahri hududida töxtatilib, avtomaşina xolislar iştirokida közdan keçirilgan. Tekşiruv natijasida avtomaşina saloni va yukxonasida xorijda işlab çiqarilgan va bojxona rasmiylaştiruvidan ötganligini tasdiqlovçi hujjatlari bölmagan, dastlabki qiymati 30,6 mln sömlik 17 dona tikuv maşinalari borligi aniqlangan.

Hozirda holat yuzasidan suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, “Farğona-Vodil” yönalişida tegişli hujjatlari bölmagan 83 dona uyali aloqa vositalarining noqonuniy savdosi oldi olingani haqida xabar berilgan edi.
















