«Ta'kidlanişiça, 2021 yil 19 iyun kuni Urganç tumanida IIB xodimlari va boşqa idoralarning vakillari hokimning topşiriğiga köra, fuqaroning omborida saqlanayotgan 30 tonna buğdoyni majburan tortib olgani, fuqaroning mulkiga tajovuz qilişgani, huquqni muhofaza qiluvçi organlar fuqaroning huquq va manfaatlarini himoya qiliş örniga uni xörlaşgani, soatlab asossiz uşlab turişgani va bosim ötkazişgani aytilgan.

Bu borada Urganç tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv olib borilayotgani ma'lum qilingan. Biroq oradan şunça vaqt ötgan bölsa-da, amalda heç qanday özgariş bölmayotgani, bölgan bosimlardan söng fuqaroning turmuş örtoği I.R. insult bölib qolgani bildirilgan.

Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarşi kuraşiş qömitasi mazkur holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan örganiş natijalari böyiça ma'lumotlarni keng ommaga e'lon qilişni söragan.

Şuningdek, fuqaroning huquq va manfaatlarini himoya qiliş yuzasidan Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga tegişli tartibda murojaat qilindi. Öz navbatida, qömita qonunbuzilişi holatining har qanday körinişiga murosasiz ekanligini bildiradi», deyiladi Senat axborot xizmati tomonidan e'lon qilingan munosabatda.

Boş prokuratura ham fuqaroning murojaatiga munosabat bildirib, Kun.uz saytida e'lon qilingan maqolada körsatilgan holatlar yuzasidan Boş prokuratura tomonidan örganiş işlari boşlanganligini ma'lum qilgan.