“Eksport faoliyatini moliyaviy qöllab-quvvatlaşni yanada kuçaytiriş töğrisida” prezident qarori qabul qilindi.

Unga köra, eksport bilan boğliq savdo va eksportoldi operatsiyalarini moliyalaştiriş uçun “Tiklaniş va taraqqiyot” jamğarmasidan “Eksportni qöllab-quvvatlaş” jamğarmasiga 100 mln dollar ajratiladi.

Bu mablağlar 5 yilga 1 foiz stavkada berilişi nazarda tutilgan.

Şuningdek, “Eksportni qöllab-quvvatlaş” jamğarmasi hisobidan ajratiladigan mablağlar öz vaqtida va töliq qaytarilişi lozimligi belgilandi.

2021 yil yakuniga qadar xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya taşkilotlari, xorijiy banklar va moliya kompaniyalaridan “Eksportni qöllab-quvvatlaş” jamğarmasi va mahalliy tijorat banklariga eksportoldi moliyalaştiriş uçun 200 mln dollar miqdoridagi mablağlar jalb etiladi.

Eslatib ötamiz, prezidentning joriy yil 14 yanvardagi qaroriga muvofiq, “Eksportni qöllab-quvvatlaş” jamğarmasi tomonidan eksportga yönaltirilgan mahsulotlarni işlab çiqariş uçun 100 million dollar ajratilişi belgilangan edi.

Bundan taşqari, joriy yil aprel oyida eksportçi korxonalarning savdo uylarini oçiş va saqlaş, ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga oliş, şuningdek, reklama kampaniyalarini taşkil qiliş bilan boğliq çet eldagi ayrim xarajatlari Eksportni rivojlantiriş agentligi mablağlari hisobidan qoplab berilişi ma'lum qilingandi.