Jizzaxlik 19 yoşli yigit navoiylik 2 yoşli X.I.ning kuygan holda tasvirga olingan video lavhalarini Telegram ijtimoiy tarmoğidagi moddiy yordam guruhidan köçirib olib, soxta xayriya aksiyasi uyuştirgani aniqlandi. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, 2021 yilning aprel oyida Navoiyda yaşovçi R.G. jiyani, 2019 yilda tuğilgan X.I. oğir darajada kuyganligi sababli Telegram ijtimoiy tarmoğida moddiy yordam guruhini oçgan. Keyin guruhga özining telefon raqami, bank plastik karta raqami va bolaning kuygan holatda tasvirga olingan video lavhalarini joylaştirgan. 

27 aprel kuni noma'lum şaxs tomonidan uşbu video lavhalar köçirib olinib, boşqa bank plastik karta raqami va telefon raqami qöyilgan holda Telegram tarmoğining bir qator guruhlarida joylaştirilgan. 

IIV Kiberxavfsizlik markazi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur noqonuniy harakatni Jizzax viloyati Paxtakor tumanida yaşovçi 19 yoşli M.R. sodir etganligi ma'lum bölgan. Aniqlanişiça, M.R. soxta xayriya aksiyasi uyuştiriş orqali fuqarolardan bank plastik kartasiga 11 million sömga yaqin mablağni tuşirib, pullarni öz ehtiyoji uçun işlatib yuborgan.

Holat yuzasidan fuqaro M.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.