Xo‘sh, yuzlab yoshlarni yarim kechasi, boz ustiga koronavirus yana avj ola boshlagan vaqtda bir joyga yig‘ilishga majbur qilgan bloger kim o‘zi?

Tarmoqda “Subo” taxallusi bilan faoliyat olib boruvchi 22 yoshli Subxan Mamedov o‘zining Instagram va YouTube sahifalariga pranklar, qo‘shiqlar va boshqa turli xil videolar joylab boradi. Jami obunachilari soni 7 milliondan oshadi.

“Subo”ning aytishicha, u aslida Nukusga, o‘zining obunachisi bo‘lgan bir bemorning oilasi bilan tanishib, uni Dubayga olib ketish uchun kelgan.

U Nukusdagi ishlarini tamomlagach, kech soat 23da Toshkentda bo‘lishi va Amir Temur xiyobonida muxlislari bilan qisqacha uchrashuv o‘tkazgach, ularga go‘yoki pul tarqatishi haqida Instagram stories'da yozib qoldirgan.

Qiziq tarafi, “Subo” O‘zbekiston bo‘ylab harakatlanganida Xorazmdan Nukusga ketishida va boshqa bir qancha videolarida yo‘l-patrul xizmati mashinalari va maxsus signalli, UZB toifasidagi raqamga ega avtomobillar hamrohligi, himoyasi ostida yurgan.

Bloger qaysi asoslarga ko‘ra himoyalangani, uni qo‘riqlash uchun o‘zbekistonlik soliq to‘lovchilar hisobidan qancha sarflangani noma'lum.

Toshkentga yo‘l olgan Subxan Mamedovni 200 ga yaqin yoshlar Amir Temur xiyobonida kutib turishgan. Tarmoqda tarqalgan videolarda dastlab navbatchilikda yurgan ichki ishlar va milliy gvardiya xodimlari to‘planganlarni ogohlantirish bilan tarqatib yubormoqchi bo‘lganini ko‘rish mumkin.

“Subo” yetib kelgach, IIV xodimlari uni o‘rab olgan odamlar orasidan olib chiqib ketishadi. To‘planganlarni tarqatish uchun qo‘shimcha kuchlar chaqiriladi. Maxsus bo‘linmalar olomonni tarqatish uchun qanday kuch vositalaridan foydalangani noma'lum. Ularda faqat rezina dubinka va kaska bo‘lganini ko‘rish mumkin.

Videolardan birida organ xodimlaridan biri jarayonni videoga olayotgan shaxsga qarshilik qilganini ko‘rish mumkin.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining ma'lum qilishicha