– Oybek aka, Özbekiston 2016 yilgi Rioda ötgan yozgi Olimpiadada tarixdagi eng yaxşi natijasini qayd etdi. Birdan bunday ösişga qanday erişildi? Bu safar ham yuqori natijalar kutsak böladimi?

– 2012 yilgi London olimpiadasidagi muvaffaqiyatsiz iştirok tahlil qilindi. Braziliyadagi olimpiada uçun dastur işlab çiqildi. Har bir sport turiga moliyaviy mablağ ajratildi, homiylar biriktirildi. Munosib tayyorgarlik körildi. Natijada Özbekiston eng yaxşi natijasini qayd etib, 13 ta medal bilan umumjamoa hisobida 21-örinni qölga kiritdi.

Rioda faqat yakkakuraşlarda medallar qölga kiritgandik. Şu sababli Tokio olimpiadasigaça sport geografiyasini kengaytirişni maqsad qildik. Bu safar 71 ta yöllanma qölga kiritildi, ayol lisenziatlar (30 nafar) soni borasida ösişga erişildi. Riodagi turnir bilan taqqoslasak, bu olimpiadada birinçi marotaba zamonaviy beşkuraşdan vakillarimiz qatnaşadi. Taekvondoçilar ilk bor töliq tarkibda iştirok etişadi, dzyudodan 11 ta yöllanmaga ega çiqdik. Lekin yengil atletika va jamoaviy sport turlarida közlangan maqsadga erişa olmadik. Şu örinda paralimpiyaga 55 ta yöllanma qölga kiritganimizni ham ta'kidlaşni istardim. Bu – eng yaxşi natijamiz.

– Qömita binosiga kirişda olimpiada uçun işlab çiqilgan liboslarni kördik. Ular haqida ham ma'lumot bersangiz.

– Libos dizayni borasida maxsus tanlov e'lon qildik. Avval liboslarimiz oq-kök ranglarda bölardi, bu safar oq-yaşil ranglardan va milliy naqşlardan foydalandik. Ularni mahalliy işlab çiqaruvçilar taqdim etgan.

 

– Boksçi, dzyudoçi va taekvondoçilar kunçiqar yurtga yetib borişdi. Qolgan sport turlaridagi atletlar Yaponiyaga qaçon uçişadi?

– Iqlimga moslaşişdan kelib çiqdik. Bilasiz, Tokio iqlim va vaqt jihatidan (4 soatga) bizdan farq qiladi. Mutaxassislar bilan gaplaşganimizda, moslaşiş uçun 4-5 kun kerak bölişini aytişdi. Şuning uçun har bir sport turi uçun musobaqalar sanasiga qarab individual tarzda jadval işlab çiqdik. Masalan, kuraş musobaqalari keyinroq böladi. Şuning uçun ularni oldindan olib borişga ehtiyoj yöq. Asosiy delegatsiyamiz esa 19 iyul kuni maxsus reys bilan uçib boradi.