23 iyuldan XXXII yozgi olimpiada öyinlari boşlanadi. Tokioda ötadigan bellaşuvlarni «Sport TV» telekanali qanday hajmda translatsiya qiladi? Bu boradagi savollarga javob oliş maqsadida ÖzMTRKda bölib, «Sport TV» direktori Zohid Karimov va şarhlovçi Dilşod Töxtabekov bilan suhbatlaşdik.

– Zohid aka, eng uzoq kutilgan olimpiada boşlanişiga oz vaqt qolmoqda. Muxlislarni töğridan töğri translatsiyalar qiziqtirişi tabiiy. Qanday tayyorgarlik ketmoqda?
–ÖzMTRK öyinlar translatsiya huquqini ança avval qölga kiritgandi. «Sport TV» olimpiadani onlayn rejimda 24 soat davomida yoritadi. Musobaqada parallel tarzda bir qança sport turlaridan bellaşuvlar bölib ötadi. Şu sabab qöşimça telekanallar – «Özbekiston», «Toshkent» va «Oilaviy»ni ham jalb qildik. Şuningdek, internetda «Sport 2» virtual telekanalini oçganmiz va u yerda yuqoridagi telekanallarda körsatilmagan bahslar berib boriladi. Tokiodan 12 ta signal olyapmiz, bu esa bemalol 12 ta kanalda efir berilişi mumkin degani. Eng muhim 6 tasini onlayn rejimda, qolgan 6 tasini yozib olingan holda körsatişni rejalaştirganmiz.
Şarhlarga imkon qadar mutaxassislarni jalb qilmoqçimiz. Masalan, muxlislarga oğir atletika bahslarini Ruslan Nuriddinov, taekvondoni Dimitriy Şokin şarhlab borişi va örnida tahlil qilib ketişi qiziq böladi. Bundan taşqari kundaliklar, intervyular berib boramiz, Yaponiyaga 5 nafar jurnalist ketmoqda. Voqea joyidan körsatuvlar tayyorlaşni, suhbatlar uyuştirişni ham maqsad qilganmiz.
– Özbekiston Superligasida ko‘rdik: parallel ötayotgan bahslardagi xavfli vaziyatlar va gollar asosiy kanalda ekranni 2-3 ga bölgan holda namoyiş etildi. Olimpiadada bir qança sportçilarimizning iştiroki bir vaqtga töğri kelganda, şunday formatdan foydalaniladimi?
– Albatta. «Sport TV»ni asosiy kanal sifatida olsak, qaysidir sportçimizning iştiroki boşlanganda ekranni siz aytgandek 2-3 ga bölib, vakillarimizning iştirokini asosiy planga çiqarişimiz mumkin. Şarhlovçilar ham bunga tayyorgarlik körişmoqda. Biror sportçimizning iştiroki efirdan çetda qolmasligi kerak.

– Qöşimça telekanallarni jalb qiliş haqida gapirdingiz. Boşqa mamlakatlarda bölgani kabi «Sport 2», «Sport 3» telekanallarini oçiş maqsadi bormi?



















