Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan, joriy yilning 28 iyunidan respublika böyiça köngiloçar obektlar – restoran, tungi klublar, diskoteka, karaoke, bilyard zallari va kompyuter öyinlari markazlari hamda umumiy ovqatlaniş obektlari – kafe, oşxona va çoyxonalarning işlaşiga soat 8:00 dan 20:00 gaça ruxsat berilgan edi.

Soğliq saqlaş vazirligi xabariga köra, şu yilning 20 iyul, seşanba kunidan boşlab, umumiy ovqatlaniş obektlari – restoran, kafe, oşxona va çoyxonalar soat 8:00 dan 20:00 gaça faqatgina oçiq havoda işlaşiga ruxsat beriladi.

Avvalroq, xodimlarini yetarli miqdorda emlagan kafe va restoranlarga nisbatan karantin talablarini yumşatiş taklif qilingan edi. Oliy Majlis deputatlarining bu tavsiyasi Maxsus komissiya tomonidan inobatga olinmagan bölişi mumkin.

Eslatib ötamiz, karantin sababli:

— litseylarga qabul imtihonlari sentyabrga qoldirildi;

— Qurbon hayiti namozi bekor qilinib, örniga uyda Zuho namozini öqiş tavsiya etildi;

— juma namozlari vaqtinça töxtatildi;

— 1 avgustdan boşlab, töy va marosimlarni 50 kişidan köp bölmagan holda ötkaziş belgilangan;

— 6 iyuldan boşlab mamlakatda barça turdagi ommaviy tadbirlar vaqtinça