Ertaga, 20 iyul kuni Andijon şahrida muz saroyi oçiladi. “Marine Cinema” jamiyati tomonidan bunyod etilgan saroyda 20x40 ölçamdagi tabiiy muz qoplamali sport maydoni qurilgan bölib, 300 nafar tomoşabin uçun örindiqlar örnatilgan.
Arenada turli sport tadbirlari, musobaqalar va boşqa ijtimoiy-köngiloçar tadbirlar ötkaziş imkoniyati mavjud.

Muz maydonidan bir vaqtning özida 50 dan ziyod sportçi şuğullana oladi. Maskanda figurali uçiş, xokkey kabi qişki sport turlari böyiça seksiyalar oçiş uçun şart-şaroitlar yaratilmoqda.
Şuningdek, binoda fitnes zali ham iş olib boradi. Muz saroyining oçiliş marosimi davomida poytaxtdan taşrif buyurgan hokkey va figurali uçiş ustalarining badiiy çiqişlari, muşakbozlik tomoşasi namoyiş etilişi rejalaştirilmoqda.

















