Uşbu holat videosi Twitter ijtimoiy tarmoğida e'lon qilingaç, siyosatçi noörin kulgusi uçun tanqid qilina boşlangan.

Ta'kidlanişiça, Laşet toşqinlardan eng köp jabr körgan federal yerlardan biri - Şimoliy Reyn-Vestfaliya rahbari hisoblanadi. 17 iyulda Ştaynmayyer u yerga tabiiy ofatning vayronkor oqibatlarini muhokama qilgani kelgan.

“Bu holatdan tilim aylanmay qoldi”, deb yozgan Twitter’da Germaniya Sotsial-demokratik partiyasi boş kotibi Lars Klingbayl Laşetning kulgusiga izoh berib. Boşqa siyosatçilar Laşetdan darhol uzr söraşni talab qilişgan.

Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvçilari Xristian-demokratik ittifoq yetakçisini tanqid qilib, #Laschetlacht (Laşet kulmoqda) xeştegini işga tuşirişgan. Unga, şuningdek, niqobsiz bölgani va ijtimoiy masofaga amal qilmagani eslatib qöyilgan. 

Keyinroq siyosatçining özi noörin işi uçun uzr söragan. U Twitter’da post e'lon qilib, unda prezidentga taşrifi uçun minnatdorlik bildirgan va uşbu holatda özi haqida yomon taassurot qoldirganidan afsusdaligini aytgan.

Yakunlanayotgan haftada Germaniyaning ğarbiy va janubi-ğarbiy qismlarida kuçli yomğirlar yoğdi. Buning oqibatida daryolar özanidan çiqib, toşqinlarga va köplab qurbonlarga olib keldi. Şuningdek, mingdan ortiq odam bedarak yöqolgan.