Ma'lumotlarga köra, Iroq poytaxtining Madinat-Sadr tumanidagi bozorda portlovçi qurilma harakatga keltirilgan. Portlaş katta talafotlarga olib kelgan, bir neçta dökon yonib ketgan.
Huquq-tartibot idoralari uşbu hodisani terakt deb tasniflagan va unda qölbola bomba qöllanganini ta'kidlab ötgan. Şu bilan birga, politsiya uşbu hujum ortida xudkuş turgan bölişi mumkinligini istisno qilmayapti.
Iroq boş vaziri Mustafo al-Kozimiy hujumni darhol tergov qilişni hamda Madinat-Sadrdagi politsiya bölinmalaridan birining boşliğini hibsga olişni buyurgan.
Terakt uçun javobgarlikni hozirça birorta guruh öz zimmasiga olmagan.

















