OPEC+ davlatlarining neftga oid kelishuvi: unda nimalar nazarda tutilgan?
18 iyulda OPEC+ tashkilotiga kiruvchi davlatlar vazirlari onlayn formatdagi anjumanda avgustdan boshlab joriy yil oxirigacha neft hajmini kuniga 0,4 mln barrelga ko‘tarishga kelishib olishdi.
Kelishuvga ko‘ra, 2022 yil uchun ham shu miqdor saqlanib qolishi ko‘zda tutilmoqda. OPEC+ davlatlari mas'ullari kelishuvga yil so‘ngiga qadar neft uchun soatiga 2 mln barrel miqdorda neft qazib olish bandini kiritdi.
Shu bilan birga, 2022 yilning may oyidan boshlab neft ishlab chiqarish miqdori chegaralangan kvotaga ega davlatlar balansiga ham o‘zgartirish kiritiladi.
OPEC+ alohida davlatlar uchun neft olish hajmining yangi me'yorlarini o‘rnatdi.
Unga ko‘ra:
- Rossiya va Saudiya Arabistoni uchun — 11 dan 11,5 mln b/s gacha;
- BAA uchun 3,17 dan 3,5 mln b/s gacha; – Iroq uchun 4,65 dan 4,8 mln b/s gacha;
- Quvayt uchun 2,8 dan 2,96 mln b/s gacha.
Kelishuv jahon bozorida neft narxiga qanday ta'sir qildi?
OPEC+ ning avgust oyidan boshlab neft qazib chiqarish qo‘shimcha hajmi 5,8 mln barrelga yetguncha kuniga 0,4 mln barreldan oshirib borish qaroridan keyin brent tipidagi neft narxi 6 foizdan ko‘proqqa, ya'ni 68 dollargacha arzonlashdi.
Dushanba kuni ertalab tahlilchilar va sinoptiklar bu kelishuv Saudiya Arabistoni va Rossiya o‘rtasidagi 2020 yil martdagi narxlar urushi uslubidagi muzokaralar neft narxidagi pasayishning oldini oldi, deb hisoblashdi.
Dushanba kuni neft narxi keskin tushib ketgan bo‘lsa-da, kelishuv neft bozori uchun ijobiy hisoblanadi, chunki OPEC+ har oy taklifni 400 ming baravarga oshirishga kafolat beradi va har oy kelishuv asoslarini ko‘rib chiqadi.
Oilprice.com tahlilchilari neft ta'minotini oylik oshirib borish neft narxi ko‘tarilishining oldini oladi, bu esa neftga bo‘lgan talabni qisman kamaytirishi va inflatsiyani tezlashtirishi mumkinligini taxmin qilishmoqda







