Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahrida ikki haftalik komendantlik soati joriy qilinishi rad etildi
Adliya vazirligining ma'lum qilishicha, bu boradagi tegishli qaror faqat Maxsus komissiya tomonidan qabul qilinishi mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida karantin kuchaytirilishi to‘g‘risida turli xabarlar tarqaldi. Adliya vaziri matbuot kotibi Sevara O‘rinboyevaning ma'lum qilishicha, bu boradagi tegishli qaror faqat Maxsus komissiya tomonidan qabul qilinishi mumkin.
Vazirlik mulozimi aholi o‘rtasida yolg‘on axborot tarqatganlik uchun javobgarlik mavjudligini eslatgan. Uning ta'kidlashicha, yolg‘on xabarlar tarqalishining oldini olish va uni tarqatgan shaxslarni javobgarlikka tortish maqsadida qonun bilan javobgarlik belgilangan.
«Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga ko‘ra, jamoat tartibiga yoki xavfsizligiga tahdid soluvchi yolg‘on axborotni tarqatish, shu jumladan, OAV, telekommunikatsiya tarmoqlari yoki Internetda tarqatish BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Jinoyat kodeksiga muvofiq, ma'muriy jazo qo‘llangandan keyin ham ushbu xatti-harakatlar takror sodir etilsa, BHMning 200 baravarigacha miqdorda jarima yoki 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 2 yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi», deydi Sevara O‘rinboyeva.
Avvalroq Sog‘liqni saqlash vazirligi aholi o‘rtasida tarqalgan koronavirus yuqtirish holatlari keskin ko‘paygani ortidan shifoxonalarda «joy qolmagani», ayniqsa, Zangiotadagi yuqumli kasalliklar shifoxonalari «to‘lib ketgani», reanimatsiya bo‘limlarida bemorlar og‘ir ahvolda ekani haqida audioxabarlarni rad etib chiqqandi.
Mavzuga oid
08:25 / 06.06.2026
Toshkentda uyni ikki marta sotgan aka-ukaga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
08:49 / 04.06.2026
Toshkentda 40 ta zamonaviy AYoQSh qurish rejalashtirilmoqda
08:38 / 26.05.2026
Toshkentda yangi pulli magistral yo‘l qurilishi mumkin
15:32 / 25.05.2026