Jahon | 17:16 / 22.07.2021
6898
1 daqiqa o‘qiladi

Madagaskar prezidentiga suiqasdning oldi olindi

Mamlakat bosh prokurori Bertin Razafiarivunining so‘zlariga ko‘ra, bir necha nafar "xorijlik va malagasliklar davlatga qarshi jinoyat"da ayblanib, hibsga olingan. 

Foto: AFP

Madagaskar prezidenti Andri Radzuelinaga nisbatan tayyorlangan suiqasdning oldi olindi, deb xabar berdi  Radio France International.

Mamlakat bosh prokurori Bertin Razafiarivunining so‘zlariga ko‘ra, bir necha nafar "xorijlik va malagasliklar davlatga qarshi jinoyat"da ayblanib, hibsga olingan.

Xabarda aytilishicha, qo‘lga olingan xorijliklar - frank-malagaslik Pol Rafanoxarana va fransiyalik Filipp Fransua "yirik siyosiy arboblar", jumladan, prezidentni o‘ldirishga tayyorgarlik ko‘rgan.

Bosh prokurorning ma'lumot berishicha, hammasi bo‘lib olti kishi hibsga olingan.

Radzuelinaga nisbatan 10 yil avval suiqasd uyushtirilgandi. O‘shanda uning avtomobili ostiga o‘rnatilgan bomba portlagan, prezident jabrlanmagandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid