Pegasus josuslik dasturi yordamida 3ta davlat prezidenti, 10ta davlat boş vaziri va bir davlat podşohi ortidan kuzatuv olib borilgan. Bu haqda The Washington Post naşri xabar berdi.
Jurnalistlar ma'lumotlariga köra, dastur yordamida Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron, Iroq prezidenti Barhom Solih va JAR prezidenti Siril Ramafosa ortidan kuzatuv olib borilgan.
Bundan taşqari, Pokiston boş vaziri Imron Xon, Misr boş vaziri Mustafo Madbuliy va Marokaş boş vaziri Sa'diddin Al Usmoniy ham kuzatuvda bölgan.
Şuningdek, sobiq boş vazirlar - Ahmad Ubayd bin Dagr (Yaman), Sa'd Haririy (Livan), Ruxakan Rugunda (Uganda), Eduar Filipp (Fransiya), Bakitjon Sagintayev (Qozoğiston), Nuriddin Beduiy (Jazoir) va Belgiyaning sobiq boş vaziri, hozirda Yevrokengaş rahbari Şarl Mişel kuzatuvda bölgan odamlar orasida bölgan.
Jurnalistlar röyxatiga Marokaş podşohi Muhammad VI ham tuşgan.
Şuningdek, Meksikaning sobiq prezidenti Felipe Kalderon, Burundi boş vaziri Alen-Giyom Bunoni, Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev va boş vaziri Asqar Mamin ortidan ham josuslik dasturi yordamida kuzatuv olib borilgan. Biroq ta'kidlanişiça, uşbu siyosatçilarning telefonlari raqamlari kuzatilayotgan telefonlar röyxatiga amaldagi lavozimlariga kirişişlaridan oldin yoki keyin tuşgan.
Jurnalistlarning ta'kidlaşiça, kuzatilgan telefonlar röyxatida BMTning bir neça elçisi va boşqa diplomatlar ham bölgan.
Pegasus dasturini işlab çiqqan Isroilning NSO Group kompaniyasi yuqoridagi ayblovlarni rad etmoqda. Kompaniyada ta'kidlanişiça, Pegasus qöllanişi ortidan kuzatuv olib boriladi va undan suiiste'mol qiluvçi har qanday mijoz uçun tizimga kiriş bekor qilinadi. Şu bilan birga kompaniyaning ta'kidlaşiça, dasturdan foydalaniş uçun NSO Group emas, balki mijozlar javobgar hisoblanadi.
18 iyulda bir neça oy davom etgan jurnalistik suriştiruv “Pegasus loyihasi” natijalari e'lon qilindi. Suriştiruvni 17ta naşr, jumladan, Guardian, Washington Post, Haaretz, Suddeutsche Zeitung va Amnesty International kabi nufuzli naşrlarning 80 nafar jurnalisti birgalikda olib borgan. Suriştiruv natijasida jurnalistlar ixtiyoriga önlab davlatlarda kuzatilgan 50 mingta telefon raqamidan iborat röyxat tuşgan.
Loyiha ma'lumotlariga köra, avtoritar davlatlar va turli maxsus xizmatlar yillar davomida yuzlab huquq himoyaçilari, jurnalistlar va siyosatçilar ortidan Pegasus dasturi yordamida kuzatuv olib borgan. Röyxatdagi mingdan köproq telefon raqamlari egalarini aniqlaşga muvaffaq bölingan. Ular orasida Fransiya, AQŞ, Hindiston, Marokaş, Meksika, Vengriya va boşqa bir qator davlatlarning yuqori mansabdor şaxslari, advokatlar, huquq himoyaçilari bölgan.

















