Ma'lum bölişiça, joriy yil 19 iyul kuni Qaşqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayevning 359-4-0Q/21-sonli qarori bilan «Nasaf» va «Sevinç» futbol klublariga sport kiyimlari va epikirovka sotib oliş uçun mahalliy budjet pulidan 450 million söm ajratilgan.

Qarorda yozilişiça, ajratilgan umumiy summadan «Nasaf» futbol jamoasiga 200 million söm, «Sevinç» ayollar futbol jamoasiga esa 250 million söm mablağ beriladi.

Ma'lumot uçun, ança yillardan buyon Qaşqadaryodagi futbol jamoalarini, şu jumladan, «Nasaf» va «Sevinç» jamoalarini ham neft-gaz sohasida faoliyat olib boradigan davlat kompaniyalari mablağ bilan ta'minlab kelmoqda.