Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston va Tojikiston chegarachilari o‘rtasida otishma sodir bo‘ldi
Botken tumanining Qum-Mozor qishlog‘ida tojikistonlik fuqarolar qirg‘izistonliklar bilan kelishmagan holda uchastkani tozalashi natijasida nizo kelib chiqqan.
Botken uchastkasida Qirg‘iziston va Tojikiston chegarachilari o‘rtasida otishma sodir bo‘ldi, deb xabar qildi Interfaks Qirg‘iziston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi chegara xizmatiga tayanib.
Ma'lumot berilishicha, Botken tumanining Qum-Mozor qishlog‘ida tojikistonlik fuqarolar qirg‘izistonliklar bilan kelishmagan holda uchastkani tozalashi natijasida nizo kelib chiqqan. Voqea joyiga Qirg‘iziston chegarachilari, mahalliy hokimiyat vakillari va mahalliy aholi yetib kelgan.
"Tojikiston tomoni Qirg‘iziston tomonining ishlarni to‘xtatish to‘g‘risidagi talabiga bo‘ysunmagan. Tojikiston fuqarolari Qirg‘iziston fuqarosini kaltaklashga uringan. Dahanaki jang mushtlashuv va toshbo‘ronga aylanib ketgan. Janjal vaqtida tojik chegarachilari Qirg‘iziston tomonga o‘q uzgan. Qirg‘iziston chegarachilari bunga javoban Tojikiston tomonga o‘q uzgan", — deyiladi xabarda.
Otishma natijasida jarohatlanganlar yo‘qligi aytilmoqda. Hozirda Qum-mozor qishlog‘ida ikki tomon mahalliy boshqaruv va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda.
Mavzuga oid
21:06 / 07.07.2026
Qirg‘izistonda uchish chog‘ida samolyotning shassisi sindi
20:20 / 06.07.2026
Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida korrupsiyaga qarshi maxsus operatsiyada o‘nlab xodimlar ushlandi
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
22:31 / 02.07.2026