2021 yil 21 iyul kuni Urgut tumanida yaşovçi Ş.Ş. Telegram’dagi guruhda, tumanning Ğös qişloğida yaşovçi fuqarolarni haqoratlagani ortidan mojaro kelib çiqqan. Şundan söng Ğös qişloği aholisi Ş.Ş.ni «samosud» qiliş uçun avval uning uyiga, söng hokimiyatga borgandi. Aniqlanişiça, mazkur janjalning kelib çiqişiga Ğös qişloğida yaşovçi şaxs ham sabab bölgan. Uning Telegram’dagi guruhda Ş.Ş. bilan gap talaşib sökingani mojaro avj olişiga olib kelgan.

Hodisa yuzasidan olib borilayotgan suriştiruv harakatlari davomida aniqlanişiça, Urgut tumani Ğös qişloğida yaşovçi, 1990 yilda tuğilgan I.B. Telegram ijtimoiy tarmoğidagi guruhda fuqaro Ş.Ş. bilan gap talaşib, uni nojöya sözlar bilan haqorat qilgan. Şundan söng örtada ziddiyat paydo bölgan va bu janjalga aylangan.

Qayd etilişiça, hozirda I.B.ning xatti-harakatlari yuzasidan unga nisbatan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda. Fuqaro I.B. ayni paytda Rossiyada ekani aniqlanib, sodir bölgan jinoiy işga aloqadorligini aniqlaş va qonun ustuvorligini ta'minlaş maqsadida uni Özbekistonga keltiriş çoralari körilmoqda.

Eslatib ötamiz, Urgut tumani Döstlik mahallasida yaşovçi Ş.Ş. joriy yil 21 iyul kuni Ğös qişloğida yaşovçi fuqarolarni haqorat qilişi ortidan 22 iyul kuni ikki yuzga yaqin ğösliklar uning uyiga borgan. Holat IIB va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan nazoratga olinib, Ş.Ş.ning uyiga borgan odamlar tarqatib yuborilgan.

23 iyul kuni ertalab Ğös qişloği aholisi Ş.Ş.ni özlariga topşirişni talab qilib tuman hokimligi binosi oldiga yiğilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan videolarda tasvirlanişiça, Milliy gvardiya va IIB xodimlari ğösliklarni hokimiyat binosiga bostirib kirişdan töxtatib qolgan va tuşga yaqin tarqatib yuborişga muvaffaq bölgan.

Ma'lumot uçun, hozirda Ş.Ş.ning xatti-harakatlari yuzasidan Jinoyat kodeksining 140-moddasi 2-qismi (haqorat qiliş) bilan jinoiy iş qözğatilib, unga nisbatan qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllangan.