Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda koronavirus tahlillarini soxtalashtirgan shifokorga jinoyat ishi ochildi
Vobkent tumanida virusolog shifokor COVID-19 tekshiruvi tahlillarini soxtalashtirgani aniqlandi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Vobkent tumani tibbiyot birlashmasi virusolog shifokori R. G‘. COVID-19 tekshiruviga fuqarolardan tahlil uchun namuna olmasdan PsR namunalari uchun elektron bazaga soxta tibbiy ma'lumotlarni kiritgan.
Shifokor huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining hamkorlikdagi tezkor tadbirida ushbu “xizmati” evaziga ikki nafar fuqarodan 300 ming so‘m pul olayotganda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan R.G‘.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 228-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Oldinroq Buxoro shahrida bemor tashxisini og‘irroq qilib yozib berish uchun pul talab qilgan shifokor ushlangandi.
Mavzuga oid
18:54
Tintuvdan so‘ng yo‘qolgan tillalar – qidiruvdagi sobiq tergovchi ishida yangi tafsilotlar paydo bo‘ldi
15:32 / 25.05.2026
Toshkentda o‘quvchini urgan o‘qituvchiga oid jinoyat ishi tugatildi
08:20 / 25.05.2026
Buxoroda sog‘liqni saqlash tizimidagi korrupsion sxema fosh etildi
21:35 / 21.05.2026