Kun.uz’ga murojaat qilgan ohangaronlik tadbirkor ayol quyonçilik biznesini uyida boşlab, işi yurişib ketgaç, hokimiyat mas'ullarining taşabbusi bilan unga yer ajratilganini aytdi. Tadbirkorga ajratilgan yerning hujjatlari tuman kadastr bölinmasi va hokimiyat mas'ullarining e'tiborsizligi tufayli oxiriga yetmaydi. Natijada, suv, gaz, toksiz qolgan quyonxonada tadbirkorning 600dan ziyod quyonlari nobud böladi, ayol esa bankrotga uçraydi.

Kun.uz’ga murojaat qilgan ohangaronlik tadbirkor Salomatxon Ölmasova quyonçilik biznesini öz uyida boşlagani, uy şaroitida yuzlab quyonlarni parvariş qilgani va işni yaxşigina yölga qöyib olgani haqida aytib berdi. Mahalla va hokimiyat vakillarining taşabbusi bilan 2018 yilgi davlat dasturi doirasida unga quyonlarini köpaytiriş va sohani rivojlantiriş uçun yer maydoni ham ajratiladi.

«Uç bolam bor, qaçongaça boqimanda bölaman dedim-da, öz biznesimni boşladim. Quyonçilik sohasiga qarasam, juda katta boylik manbasi ekan. Lekin quyonçilikka unça katta mablağ kerak emas ekan. Bitta ona quyon 10-15tagaça bolalaydi, makka, beda kabi ozuqalar berib tursangiz, 40 kunda yetiladi. 40 kun içida bitta quyondan 350 ming sömdan foyda kelib turadi.

Şularni öylab Sirdaryoga borib, uçta quyon olib keldim. Uy şaroitida boqa boşladim. Quyonlarim 450taga yetganda, (2018 yilda) quyonçilik böyiça davlat dasturi çiqib qoldi. Şunda mahalla va hokimlik mas'ullari kelib, quyonçilikni rivojlantiriş kerak, sizga yer ajratamiz, deb kattadan katta va'dalar berişdi», deydi tadbirkor ayol.

Şundan keyin u ajratilgan yerda quyonlari uçun maxsus obekt qurilişini boşlaydi. Quyonxonani jihozlab, kerakli uskunalarni olib kelgan tadbirkorning quyonlari adadi 2 yil içida 1000taga yetadi. Biroq Toşkent viloyati «Yer tuziş va köçmas mulk kadastri» davlat korxonasi Ohangaron tuman hududiy bölimi tegişli hujjatlarni rasmiylaştirişni paysalga solişi oqibatida obektga gaz, tok va suv tortib bora olmaydi. Buning natijasida 600dan ziyod quyonlari nobud böladi. 2020 yilda bankrotlik yoqasiga kelib qolgan tadbirkor ayol 2021 yilga kelib, öz faoliyatini butunlay yakunlaşga majbur böladi.

Tadbirkor 80 million sömdan ortiq zarar körgani haqida aytib berdi. Bir qaraşda arzimas tuyulişi mumkin bölgan bu mablağ oddiy qişloq oilasining bir neça yillik daromadini taşkil qilişini unutmaslik kerak.

Xullas, kadastr hujjatlari oxiriga yetmagani bois, ayolda gaz, tok va suv muammosi hal bölmaydi. Hokimiyat esa tadbirkorni qöllab-quvvatlaşini, barça hujjatlar rasmiylaştirilişini aytib, va'da berişda davom etadi.