Fransiya jarlik yoqasidan qaytdi

A guruhi
Fransiya U-23 – JAR U-23 4:3
Gollar: 0:1 – 53 Kodisang, 1:1 – 57 Jinyak, 1:2 – 73 Makgopa, 2:2 – 78 Jinyak, 2:3 – 82 Mokuna, 3:3 – 86, penalti Jinyak, 4:3 – 90 Savane.
Fransiya U-23 – Bernardoni, Kalulu, Kasi, Nkunku, Mishlen, Savane, Toven (Beka-Beka, 68), Tuzar (Norden, 68), Mbuku (Le Fe, 61), Jinyak, Kolo-Muani.
JAR U-23 – Uilyams, Frosler (Mukumela, 83), Moxamme, Flers, Malepe, Ngobo (Maxlatsi, 65), Kodisang (Mosele, 78), Sele, Mokuna (Monyane, 83), Singx, Makgopa.
Ogohlantirishlar: Mokuna (16), Nkunku (20), Savane (68), Uilyams (85).

Birinchi turda fransuzlar turnirning eng zerikarli jamoasiga yaqqol da'vogar sifatida o‘ynagan bo‘lsa, yakshanba kungi ularning ishtirokidagi o‘yin turnirni bezadi. «Uchranglilar» asosiy futbolchilarisiz turnirga kelishiga to‘g‘ri kelgan, pandemiya davrida klublar ularni qo‘yib yuborishni istamadi. Shu tufayli mudofaa chizig‘ida ulkan muammolar yuzaga kelgan, janubiy afrikaliklar shuning evaziga o‘yinda uch bor hisobda oldinda borishdi.

Ammo faxriy futbolchilar Fransiyani musobaqada qoldirdi, Jinyak — shubhasiz ikkinchi tur qahramoniga aylandi. U JCh-2010 va Yevro-2016da ishtirok etgan, ammo yirik turnirlarda gol urmagandi. Ammo hozir — Meksika ligasidag olti mavsumdan keyin — 35 yoshli forvard Tokioda het-trik rasmiylashtirdi. Bu Fransiya olimpiya termasi tarixidagi ikkinchi het-trik - birinchisi 1924 yilda qayd etilgandi. Bu turnirda Jinyak terma jamoaning barcha besh golida ishtirok etdi. To‘rt golni o‘zi urdi, arbitr tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda Savane urgan g‘alaba goliga assistentlik qildi.

Yaponiya U-23 – Meksika U-23 2:1
Gollar: 1:0 – 6 Kubo, 2:0 – 12, penalti Doan, 2:1 – 85 Alvarado.
Yaponiya U-23 – Tani, Itakura, Nakayama, Sakai, Yosida, Endo, Kubo, Doan (Mitoma, 80), Tanaka, Soma (Maeda, 65), Xayasi (Ueda, 80).
Meksika U-23 – Ochoa, Agirre (Loronya, 43), Montes, Sanches, Romo, Laynes (Antuna, 66), Kordova, Vaskes, Vega (Alvarado, 67), Martin, Rodriges (Eskivel, 57).
Ogohlantirishlar: Montes (11), Rodriges (25), Sanches (29), Sakai (47), Tanaka (48).