Qöqon davlat pedagogika institutining öqişga kiritiş bilan boğliq firibgarlik holatlari aniqlandi, deya xabar bermoqda Boş prokuratura huzuridagi departament matbuot xizmati.

Qayd etilişiça, Boş prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Beşariq tumani bölimlari tomonidan tezkor tadbir ötkazilgan. Tadbir davomida fuqaro D. X. fuqaro M.ni yuqori lavozimda işlovçi tanişlari yordamida 1 000 dollar evaziga Qöqon davlat pedagogika institutining psixologiya fakultetiga öqişga kiritib qöyişni va'da qilib, oldindan 500 dollarni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Şuningdek, Departament hamda DXXning Danğara tumani bölimlari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tadbirda “B.S.” nodavlat ta'lim muassasasi rahbari A. A. fuqaro G.ning işonçiga kirib, uni Qöqon pedagogika institutiga 2 500 dollar evaziga öqişga kiritib qöyişini aytib, oldindan 500 dollarni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.

Avvalroq Farğona şahrida boğdorçilik uçun ajratilgan yer maydonini firibgarlik yöli bilan sotişga uringan fuqaro qölga olingani haqida xabar berilgan edi.