Uzbeklife bir neça kun oldin ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali Norvegiyada yaşab tadbirkorlik faoliyatini olib borayotgan, Şahboz Dolimov va uning rafiqasi, OsloMET universiteti talabasi Nigina Jörayeva bilan suhbat uyuştirgan edi.

Bugun uning yozib olingan variantini e'tiboringizga havola qilamiz.

“Bir davlatga bordingizmi, 9 oygaça u yerdan çiqib ketmang”

Yaponiyaga 2012 yil ketganman. Öqişga topşirgan vaqtimda ba'zi bir sabablarga köra yiqilganman. Keyin çet elga ketiş istagi paydo böldi. Ingliz tili örganib yurgan paytlarim Yaponiyaning bir universitetidan özbek talabalar kelişgan va taqdimot qilib berişgan. Menga juda ma'qul bölgan bu. Kunçiqar mamlakat, biznes, iqtisod modeli bor davlat... Universitetga topşirganman va grant yutib, 4 yil u yerda biznes administratsiyasi yönalişida öqidim. Albatta, qiyinçiliklar bölgan. Birinçidan, madaniyati boşqaça. Ovqatlariga moslaşiş qiyin bölgan. Yangi davlatga çiqqaningizda madaniy şok böladi va bu depressiyaga olib kelişi mumkin. Öz insonlaringizni soğinişni boşlaysiz. Lekin maslahatim, bir davlatga bordingizmi, 9 oy çiqib ketmang. Moslaşiş uçun öşa yerdan 9 oy ketmang. Sabr qiliş kerak. Qat'iyatli bölmasangiz, nega borganingizni özingizga takrorlab turmasangiz, sizga boşqa birov eslatmaydi. Qolaversa, mahalliy tilni örganiş juda muhim. Til örganib atrofni tuşuna boşlaysiz. Köproq döstlar orttiriş lozim. Yaponiya ta'lim tizimi dunyo standartlariga javob beradi. Lekin hayratlanarli darajada bölmagan. Men öqigan universitetda 50 foiz talabalar xalqaro, 50 foiz mahalliy. Mana şu 50 foizni 90dan ortiq davlatdan kelgan talabalar taşkil qiladi. Global citizen degan tuşunça bor, xalqaro fuqaro deylik, universitetda ular uçun hamma şaroitlar yaratilgan edi. Barçaga bir yildan köproq muddat çet elda yaşab kelişni tavsiya qilgan bölardim. Mustaqil hayotga qadam qöyişga poydevor böladi. Har bitta talabaga borib işlaşni maslahat beraman. Bu xarajatlaringizni qoplabgina qolmay, moliyaviy boşqaruvni ham örgatadi. Talaba zör işda işlamasligi mumkin. Şaxsan men idiş-tovoq yuvişdan boşlaganman.

“Özimni taşqarida körişni xohladim, Yaponiya komfort zonaga aylangan edi”

Yaponiyadan ketişimga sabab komfort zona bölib qolgani edi. Özimni taşqarida körişni xohladim. Ikkinçidan, yönalişimni, özimni topa olmagandim hali. Magistraturaga topşiriş istagi bor edi. Bir professorimiz kelib, Norvegiyada yaxşi universitet borligi haqida aytdilar. Qanday davlat ekan u deb kirganman. 2016 yil dunyoning eng baxtli davlati Norvegiya edi. Öşa yili öqişga kirdim. Şvetsiya, Daniya va Norvegiyaga topşirganman va Norvegiyani tanladim. U yerda past binolar, oddiy kiyimdagi odamlar, bu yerda qimmat maşinalarni uçratmaysiz. Qayerga kelib qoldim der edim boşida. 1 yildan keyin nega baxtli davlat ekanini tuşunganman. Ustozim bor, köz şifokori Bekzod aka Toşboyev. Aytadilarki, biror davlatga borsangiz, uçta narsaga jiddiy e'tibor bering: tibbiyot, ta'lim va soliq. Bular rivojlanganmi, demak u rivojlangan davlat. Ta'lim tizimida ustoz va talaba örtasida devor yöq. Tibbiyot talaba uçun tekin. Soliq tizimida qança köp daromad topsangiz, şunça köp soliq tölaysiz. Lekin işsizlik tölovi katta. Işsizlik darajasi esa past.