Dzyudoçi Davlat Bobonov Tokio-2020 Olimpiya öyinlarining bronza medalini qölga kiritib, Özbekiston delegatsiyasiga ikkinçi medalni taqdim qildi.

-90 kg vazn toifasida kuraşgan Bobonov bronza uçun kuraşda turkiyalik Mixael Zgankka qarşi tatamiga çiqdi. Birinçi raunddayoq uning ijrosidagi usul vazari/ippon bilan baholandi va uşbu ğalaba Bobonovning sovrinlari jamğarmasiga Olimpiada medalini ham qöşib qöydi.

Bobonov bu medal uçun bugun beşta jang ötkazdi. U dastlab italiyalik Nikolas Mungayga qarşi gilamga çiqib, bitta vazari bahosi evaziga ğalaba qozondi. Ikkinçi davrada esa ukrainalik Kedjau Nabaliga qarşi gilamga çiqib, birinçi raunddayoq mağlubiyatga uçratib, çorak finalga yöl oldi.

Ammo bu bosqiçda u Yevropa çempioni, gruziyalik Laşa Bekauri bilan bahsda dzyudo qoidalariga zid harakati uçun (raqib hujumida boş bilan notöğri harakat) hakam tomonidan qizil kartoçkaga loyiq körildi va mağlubiyatga uçradi.

Şundan söng Bobonov bronza medali uçun kuraşadigan böldi. Ötiş bahslarida ikki karra jahon çempioni kelib çiqişiga köra gruzin bölgan, Ispaniya nomidan qatnaşayotgan Nikoloz Şerazadişviliga qarşi kuraş olib bordi. Bu jangning asosiy 4 daqiqasida hisob oçilmagaç, oltin oçko uçun jangda ğolib aniqlandi. Jami 10 daqiqa 5 soniya davom etgan kuraşda Bobonov vazari evaziga ğalaba qozonib, bronza uçun kuraşiş imkonini qölga kiritdi.

Bronza uçun Mixael Zgankka qarşi gilamga çiqqan Davlat Bobonov dastlab ogohlantiriş olgan bölsa-da, ippon evaziga ğalaba qozondi.

Şu tariqa, Özbekiston delegatsiyasi Tokio-2020 Olimpiya öyinlaridagi ikkinçi, dzyudo bellaşuvlaridagi dastlabki medaliga sazovor bölmoqda.